Hisobni o'chirish
Tahrir: 2026-yil sentyabr. Bu yerda Pingy Tasks hisobini qanday o'chirish, bunda ma'lumotlaringiz bilan nima bo'lishi va o'chirish qachon vaqtincha imkonsizligi tushuntirilgan.
Ilovada o'chirish
Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish bo'limini oching va tasdiqlang. Hisob darhol o'chiriladi, keyin unga kirib bo'lmaydi.
Ilovasiz o'chirish
info@png.uz manziliga «Hisobni o'chirish» mavzusi bilan yozing va hisob ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini ko'rsating. Birovning hisobini hech kim o'chira olmasligi uchun raqamni SMS kodi bilan tasdiqlashni so'raymiz, so'ng hisobni 30 kungacha — odatda ancha tezroq — o'chiramiz.
Nima o'chiriladi
- ism, elektron pochta, profil rasmi va o'zingiz haqingizdagi matn;
- telefon raqami — xizmat yozuvi bilan almashtiriladi va yangi ro'yxatdan o'tish uchun bo'shaydi;
- MyID orqali tekshiruvda olingan ism va hujjat ma'lumotlari;
- tasdiqlangan aloqa raqamlari va push-bildirishnoma tokenlari.
Nima saqlanadi va nima uchun
- pul operatsiyalari tarixi — qonunchilikda buxgalteriya hujjatlari uchun belgilangan muddat davomida;
- vazifalar, javoblar, yozishmalar va sharhlar — ism va telefonsiz, shaxsi aniqlanmaydigan holda: ular bitimning boshqa tomoniga va da'volarni ko'rib chiqish uchun kerak;
- JShShIR xeshi — hujjat raqamini tiklab bo'lmaydigan bir tomonlama iz. U bitta pasport cheksiz hisob ochishiga yo'l qo'ymaydi.
Qachon hozircha o'chirib bo'lmaydi
Hisobda pul yoki boshqa odamlar oldidagi majburiyatlar qolgan bo'lsa, o'chirish kechiktiriladi:
- balansda qoldiq bor — avval uni kartaga yechib oling;
- bajarilayotgan vazifalar bor — ularni yakunlang yoki bekor qiling;
- tugallanmagan pul operatsiyalari bor — ular tugashini kuting.
Batafsil
Qanday ma'lumotlarni to'playotganimiz va ularni qanday himoya qilishimiz Maxfiylik siyosatida to'liq yozilgan.